Gvardiola: "Menga doim bu savolni berishadi"
19 DEKABR, 2025, 20:48
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola 2025/26 yilgi mavsum oxirida klubni tark etishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga javob berdi.
"Menga doim bu savolni berishadi. Ertami-kechmi, men "Manchester Siti"ni tark etaman. Shartnomam bo'yicha yana 18 oy qoldi va men jamoaning rivojlanish yo'lidan mamnunman.
Bu savol har mavsumda biror vaqtda paydo bo'ladi. Nima bo'lishi kerak bo'lsa, o'sha bo'ladi", – dedi Pep.
