logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:53
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Bavariya» yosh yulduzining narxi 200 foizga oshdi

 19 DEKABR, 2025, 18:30

Juma kuni Transfermarkt mutaxassislari Germaniya ligasida o'ynaydigan futbolchilarning narxlar ro'yxatini yangiladi.

"Bavariya" futbolchisi Lennart Karl narxi eng ko'p yuqorilagan o'yinchi bo'ldi. 17 yoshli futbolchi jamoasida asta-sekin muhim o'yinchiga aylanib bormoqda, bu uning narxida aks etmoqda. Karlning narxi 40 million evroga oshdi va hozirda 60 million evroga baholanmoqda. Bu uning taxminiy qiymatining 200% ga oshganini anglatadi.

"RB Leyptsig" qanot yarim himoyachisi Yan Diomande Bundesligada ikkinchi eng yuqori o'sishni ko'rsatdi. Uning narxi 25 million evroga oshib, 45 million evroga etdi.

Uchinchi o'rinni "Kyoln" futbolchisi Said El-Mala va "Gamburg" futbolchisi Luka Vushkovich bo'lishdi. Ularning ikkalasi ham 22 million evroga qimmatladi va ularning narxi 40 million evroga etdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ