logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:35
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Milan" va "Inter" APL klubi darvozabonini nishonga olishdi

 19 DEKABR, 2025, 14:06

"Lids Yunayted" darvozaboni Ilan Mele A Seriyaning ikki grand klubi e'tiborini tortdi.

Frantsuz futbolchisi bu mavsumda "tulkilar" safida o'ynamadi va uning amaldagi shartnomasi kelasi yozda tugaydi. Football Insider nashrining xabar berishicha, 25 yoshli darvozabonga "Milan" va "Inter" qiziqish bildirmoqda. Ikkala klub ham uni yanvar oyida arzonlashtirilgan narxda sotib olishni ko'rib chiqmoqda.

Transfermarkt mutaxassislari Ilan Melening narxini 12 million evroga baholamoqda. Darvozabon 2020 yilda "Lids"ga qo'shilganidan beri 214 ta o'yinda maydonga tushib, 283 ta gol o'tkazib yuborgan va 72 tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ