Fernandesh: "U kabi futbolchilardan bunday so'zlarni eshitish men uchun sharaf"
19 DEKABR, 2025, 11:30
"Manchester Yunayted" futbolchisi Brunu Fernandesh "Tottenxem" yarim himoyachisi Jeyms Meddisonning yaqinda bergan bayonotiga izoh berdi.
Angliyalik futbolchi "qizil iblislar" sardorini maqtab, uni kam baholangan deb atagandi.
"Meddison kabi o'yinchidan bunday ta'rifni eshitish katta sharaf. Men uni yuqori darajadagi o'yinchi deb bilaman. U menga o'xshash rolda o'ynaydi va Premer-liganing qiyinchiliklarini yaxshi biladi", dedi 31 yoshli yarim himoyachi Rio Ferdinandning podkastida.
Joriy Angliya Premer-ligasi mavsumida Brunu Fernandesh 16 ta o'yinda beshta gol urdi va ettita golli uzatmani amalga oshirdi.
