"Napoli"ning finaldagi raqibi bugun aniqlanadi
19 DEKABR, 2025, 08:42
"Napoli" Italiya Superkubogi finaliga chiqdi.
Antonio Konte boshchiligidagi jamoa yarim finalda "Milan"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi. Ular hal qiluvchi o'yinda bugun o'ynaydigan "Bolonya" yoki "Inter" jamoalari bilan to'qnash kelishadi.
Saudiya Arabistoni mezbonlik qilayotgan turnirning finali 22 dekabr kuni bo'lib o'tadi.
