Gvardiola o'rinbosarini o'zi tanlashi mumkin
19 DEKABR, 2025, 08:24
So'nggi kunlarda Angliyada Xosep Gvardiolaning "Manchester Siti"dagi bo'lajak o'rinbosari haqida qizg'in mish-mishlar tarqaldi.
Ma'lumotlarga ko'ra, ispaniyalik mutaxassisning o'rnini hozirgi "Chelsi" bosh murabbiyi, sobiq "Siti" murabbiyi Entso Mareska egallashi mumkin. Agar Gvardiola ketishga qaror qilsa, uning o'rnini bosuvchini tanlashda ishtirok etishi mumkin. Xosep Mareskaning shaxsiyati va murabbiylik fazilatlarini qadrlaydi, deydi insayder Fabritsio Romano. Bundan tashqari, "Siti" sport direktori Ugo Viana italiyalik murabbiy agenti Jorje Mendesh bilan yaxshi tanish.
Gvardiolaning amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi.
