"Kristal Pelas" nigeriyalik hujumchini sotib olmaydi
18 DEKABR, 2025, 21:06
AS nashrining xabar berishicha, Angliyaning "Kristal Pelas" klubi nigeriyalik hujumchi Kristantus Uche bilan shartnoma imzolamasligini e'lon qildi.
Uche Ispaniyaning "Xetafe" klubidan mavsum oxirigacha ijaraga olingan edi.
Manbaga ko'ra, Uche shu yozda Ispaniyaga qaytadi. Uning ijara shartnomasida 18 million evro miqdoridagi sotib olish bandi mavjud bo'lib, u Premer-liganing 10 ta o'yinida maydonga tushishi shart edi. Biroq yakunda bunday bo'lib chiqmadi.
