logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:58
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Yuventus"ning sobiq futbolchisi: "Ronaldu - futbol tarixidagi mutlaq birinchi raqamli futbolchi"

 18 DEKABR, 2025, 18:12

"Yuventus"ning sobiq himoyachisi Mehdi Benatia sobiq jamoadoshi portugaliyalik afsonaviy hujumchi Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi. Hozirda hujumchi Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubida to'p tepmoqda.

"Ronaldu hammadan oldinda. Bir kuni Bergamoda bo'lib qaytdik, u erda men va Krishtianu zaxirada qoldik, chunki bir necha kundan keyin Chempionlar Ligasida muhim o'yin kutib turardi. Avtobusda Ronaldu mendan so'radi: "Menga o'xshab mashq qilishni xohlaysanmi?" Oqibat kech soat 11 da etib keldik va men uyga ketdim. U esa forma kiyib, sport zaliga bordi. Krishtianu mutlaq birinchi raqamli futbolchi sifatida futbol tarixiga kirgani bejiz emas", - deya Benatianing so'zlarini keltiradi La Gazzetta dello Sport.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ