logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:08
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

O'rtoqlik o'yini. «Andijon» O'zbekiston U21 terma jamoasini mag'lub etdi

 18 DEKABR, 2025, 18:00

Toshkentda tayyorgarlik jarayonini o'tkazayotgan «Andijon» bugun O'zbekiston U21 terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Terma jamoalar markazining yopiq manejida o'tkazilgan bahsda «Burgutlar» 3:1 hisobida g'alaba qozondi.

Birinchi bo'limda hisob ochilmadi. Ikkinchi bo'limda esa Muhammadali Usmonov, Bekzod Sulaymonov va Bektemir Abdumannonov raqib darvozasini ishg'ol qildilar. Raqib safida Nurlan Ibraimov gol urdi.

Shuningdek, terma jamoa safida «Andijon»dan jalb qilingan Saidumarxon Saidnurullaev va Shoxjahon Yorqinboev ham bellashuvda ishtirok etdilar.

Shu tariqa, «Andijon»ning OChL 2 doirasida Qatarda «Al-Ahli»ga qarshi muhim o'yini uchun tayyorgarlik reja asosida davom etmoqda.

Eslatib o'tamiz, «Al-Ahli» - «Andijon» uchrashuvi 24 dekabr kuni Dohada bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ