"Manchester Yunayted" ikkita shov-shuvli transferni rejalashtirmoqda
18 DEKABR, 2025, 16:36
Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi qishki transferlar davrida ikkita katta kelishuvni amalga oshirishi mumkin.
CaughtOffside nashri tarqatgan xabarga ko'ra "qizil iblislar" yanvar oyidagi transferlar davrida "Bornmut" vingeri Antuan Semeno hamda "Nottingem Forest" xavbeki Elliot Andersonni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Aytish kerakki, "Manchester Yunayted" anchadan beri yarim himoya chizig'ini kuchaytirishni istamoqda.
Semeno joriy mavsum Angliya Premer-ligasida 15 ta uchrashuvda 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Anderson joriy chempionatda 16 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
