Globe Soccer Awards. 2025 yilning eng yaxshi murabbiyi sovrini uchun yakuniy beshlik e'lon qilindi
18 DEKABR, 2025, 14:48
2025 yilning eng yaxshi murabbiyi sovrini uchun Globe Soccer Awards mukofotiga da'vogar bo'lgan finalchilar ma'lum qilindi. Bu haqda Globe Soccer Awards’ning X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida ma'lum qilindi.
2025 yilning eng yaxshi murabbiyi sovrini uchun nominantlar:
- Lius Enrike («Pari Sen-Jermen»),
- Xabi Alonso («Bayer», «Real» Madrid),
- Xans-Diter Flik («Barselona»),
- Mikel Arteta («Arsenal»),
- Entso Mareska («Chelsi»).
Globe Soccer Awards — har yili o'tkaziladigan taqdirlash marosimi bo'lib, unda yil davomida futbol sohasida eng katta yutuqlarga erishgan shaxslar aniqlanadi. Turli nominatsiyalar bo'yicha g'oliblar ovoz berish yo'li bilan belgilanadi. Taqdirlash marosimi 28 dekabr kuni Dubay shahrida (BAA) bo'lib o'tadi.
