"Yuventus" yulduziga yangi shartnoma tayyorlamoqda
18 DEKABR, 2025, 14:00
Turinning "Yuventus" klubi jamoaning turkiyalik vingeri Kenan Yildiz bilan hamkorlikni uzaytirishdan manfaatdor. Bu haqda insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar bermoqda.
"Keksa sinora" 20 yoshli vingerga 5 yillik yangi mehnat shartnomasi va 5 million evro maosh taklif qilishga tayyor. Shuningdek, shartnomada pul bonuslari ham ko'rsatiladi.
Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnomaning amal qilish muddati 2029 yil iyun oyi oxirida tugaydi. Kenanning bozor narxi 75 million evroni tashkil etadi.
Yildiz joriy mavsum 21 ta o'yinda qatnashib, 6 ta gol va 6 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
