logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:54
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Real»ning 19 yoshli debyutanti o'z kumiri kim ekanligini aytdi

 18 DEKABR, 2025, 13:42

Yarim himoyachi Xorxe Sestro ilk marta "Real" safida maydonga tushdi. 19 yoshli futbolchi Ispaniya Kubogi 1/16 finalidan o'rin olgan "Talavera"ga (3:2) qarshi uchrashuvning 86-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi.

"Orzu ushaldi. Men har doim maydonda borimni berishga harakat qilaman. Dunyodagi eng yirik klub sharafini munosib himoya qilishni istayman," - dedi ispaniyalik xavbek intervyuda.

Shuningdek, xavbek qaysi futbolchilarni o'zi uchun namuna deb bilishini aytib o'tdi.

"Men Kazemiro va Toni Kroosni kuzatishni juda yoqtiraman", - deya asosan "qaymoqranglilar"ning ikkinchi jamoasi "Kastilya"da o'ynaydigan Sesteroning so'zlarini keltiradi Madrid Universal.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ