logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:36
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Rasman: O'tkir Yusupov - «Navbahor» futbolchisi!

 18 DEKABR, 2025, 13:36

Tajribali darvozabon O'tkir Yusupov "Navbahor" bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

O'tkir Yusupov – 1991 yil, 4 yanvarda Qozog'istonning Sayram shahrida tug'ilgan. Bolaligida oilasi bilan yurtimizga ko'chib kelishgan. 

Faoliyati davomida “Mash'al” (Muborak, 2012-2013 yillar), “Nasaf” (Qarshi, 2014-2015 yillar), “Neftchi” (Farg'ona, 2016-2017 yillar), “Qo'qon - 1912” (Qo'qon, 2018 yil), “Navbahor” (Namangan, 2019 – 2024 yilning 1-davrasi), “Fulad” (Axvaz, Eron, 2024 yilning 2-davrasi, 2025 yil) jamoalarida o'ynagan.

Shuningdek, 2018 yildan buyon O'zbekiston milliy terma jamoasi darvozasini qo'riqlab, terma jamoamizning JCh-2026 yo'llanmasini qo'lga kiritishiga o'zining munosib hissasini qo'shgan.

Tajribali darvozabon 1,5 yillik tanaffusdan so'ng, yana namanganliklar safiga qaytdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ