logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:47
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Gvardiola: "Hammaga imkoniyat beraman"

 18 DEKABR, 2025, 13:30

"Manchester Siti" darvozaboni Jeyms Trafford "Brentford"ga (2:0) qarshi o'yinda darvozani daxlsiz saqlab, jamoani Angliya Liga Kubogi yarim finaliga olib chiqdi.

Ingliz faqat kubok bahslarida maydonga tushmoqda - u Janluiji Donnarummaning o'rinbosari roli bilan kifoyalanishga majbur.

"Trafford - ajoyib darvozabon. Yo biri, yo ikkinchisi o'ynaydi. U esa chap qanot himoyachisi pozitsiyasida o'ynay olmaydi. Hozir asosiy tarkibdagi o'rin Jijiga tegishli, ammo Jeyms - eng yuqori darajadagi darvozabon, bunga shubha yo'q. U Liga kubogida yana kamida ikkita o'yinda maydonga tushishidan juda xursandman.

U Chempionlar ligasida "Bayer"ga qarshi ham o'ynagan. Ha, men unga ishonaman va hammaga imkoniyat berishga harakat qilaman," - deya "shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning so'zlarini keltiradi City Report.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ