"Manchester Siti" muhim o'yinchisidan ayrildi
18 DEKABR, 2025, 11:48
"Manchester Siti" futbolchisi uzoq muddatga safdan chiqdi. Xabarlarga ko'ra, shaharliklar hujumchisi Jeremi Doku bir necha hafta maydonga tusha olmaydi. Buni Pep Gvardiola tasdiqladi.
U Jeremi ikki yoki uch hafta maydonga tusha olmasligini, balki "Sanderlend" bilan bo'ladigan yangi yilning ilk uchrashuvida ham qatnasha olmasligini bildirgan. Belgiya terma jamoasi a'zosi bu mavsumda jami 25 ta bahsda ishtirok etib, 5 ta gol va shuncha assistga mualliflik qildi.
