logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:32
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Upamekano "Bavariya"da qolishiga ishora qildimi?

 17 DEKABR, 2025, 22:06

"Bavariya" himoyachisi Dayo Upamekano yozda erkin agent sifatida boshqa klubga o'tishi mumkin. Albatta, mish-mishlar frantsuzni uzoq vaqtdan beri boshqa top-jamoalar bilan bog'lab keladi.

Shu bilan birga, Bild jurnalistlari Upamekano Myunxen hududida uyini o'zgartirgani haqida gapirmoqda. 27 yoshli futbolchi o'z vaqtida Frank Riberi yashagan villaga ko'chib o'tgan ko'rinadi.

Germaniyada shartnoma tugashiga bir necha oy qolganida turar joyini o'zgartirishni Upamekanoning "Bavariya"da qolib, mehnat shartnomasini uzaytirishiga ishora deb bilishadi.

21 fevral, yakshanba kuni "Bavariya" Bundesligada "Xaydenxaym" mehmoni bo'ladi. Bu myunxenliklarning 2025 yildagi so'nggi o'yini bo'ladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ