Simeone - Ispaniya kubogi o'yini haqida: "Raqib ishtiyoqqa to'la"
17 DEKABR, 2025, 21:30
"Atletiko Madrid" bosh murabbiyi Diego Simeone Ispaniya kubogi 1/8 finalidan o'rin olgan "Atletiko Baleares"ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida qatnashdi. Uchrashuv 17 dekabr kuni tunda bo'lib o'tadi.
"Raqiblar ishtiyoqqa to'la. Ular ajoyib mavsum o'tkazayotgan "Espanol"ga qarshi ajoyib o'yin o'tkazishdi [1:0]. Katta jamoalar ushbu musobaqaga unchalik qiziqish bildirishmayapti va sen unga tayyor ekanligingni tushunganingda, reaktsiya bildirishga kech bo'ladi, axir o'yin faqat bitta, raqib stadionida," - deya Simeonening so'zlarini keltiradi Into the Calderon portali.
"Pley-off o'yinlari asabiyroq va keskinroq bo'ladi. Kim xato qilsa, o'sha turnirni tark etadi".
"Atletiko Balaeras" mamlakatning to'rtinchi darajali ligasida turnirning hozirgi bosqichiga chiqqan yagona vakil hisoblanadi.
