"Milan" Germaniya terma jamoasi hujumchisi transferi bo'yicha deyarli kelishib oldi
17 DEKABR, 2025, 21:24
"Milan" va "Vest Xem" klublari Niklas Fyullkrug transferini kelishib olishga yaqin turibdi.
La Gazeetra dello Sport xabariga ko'ra, klublar o'rtasida hujumchini ijaraga olish bo'yicha muzokaralar yakuniga etmoqda.
Tomonlar kelishuvga futbolchini 13-15 mln evroga sotib olish bandini kiritish masalasini muhokama qilmoqda. Inglizlar uning darhol majburiy bo'lishini yoki ma'lum shartlar bajarilganda majburiy bo'lishini xohlashadi.
Joriy mavsumda 32 yoshli germaniyalik futbolchi APLda 8 ta o'yinda maydonga tushdi va o'z hisobiga gol yozdirib qo'ymadi.
