logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:33
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

FIFA tanqidlardan keyin Jahon chempionati uchun 60 dollarlik chiptalarni joriy qildi

 17 DEKABR, 2025, 21:00

Xalqaro futbol asotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) 2026-yilgi Jahon chempionati uchun cheklangan miqdordagi arzon chiptalarni sotuvga chiqarishini e'lon qildi. Bu qaror Evropa futbol muxlislar uyushmasining narx siyosatiga bildirilgan tanqidlaridan so'ng qabul qilindi. Bu haqda Reuters nashri xabar berdi.

Eng arzon chiptalar Supporter Entry Tier deb nomlandi. Ular turnirdagi barcha 104 o'yinga, shu jumladan finalga ham amal qiladi, ammo ushbu tipdagi chiptalar soni cheklangan. FIFA ma'lumotiga ko'ra, bunday chiptalar milliy futbol assotsiatsiyalari uchun ajratilgan kvotaning atigi 10 foizini tashkil qiladi va uning narxi 60 dollarga teng.

Milliy assotsiatsiyalar o'z muxlislariga ushbu chiptalarni o'z dasturlari doirasida taqsimlaydi. Qo'shimcha qilinishicha, arzon chiptalar “o'z terma jamoasining o'yinlariga tez-tez tashrif buyuradigan sodiq muxlislarga” etkazilishi kerak. Shu bilan birga, federatsiya chiptalarni taqsimlash bo'yicha yagona qoidalarni belgilamagan.

Shuningdek, FIFA milliy assotsiatsiyalar uchun ajratilgan chiptalarning yarmidan ko'prog'i nisbatan arzonroq joylardan berilgan. Ya'ni ulardan 40 foizi o'rtacha narxdagi, 10 foizi eng arzon narxdagi chiptalar bo'ladi. Qolgan qismi esa yuqori narxdagi chiptalar hisoblanadi. Milliy assotsiatsiyalar orqali chipta olgan muxlislarning jamoasi pley-off bosqichiga chiqmasa, ular pullarini komissiyasiz qaytarib olishadi.

Ma'lumot uchun, avvalroq JCh-2026 finaliga eng arzon toifadagi chiptalar narxi 4 185 dollardan boshlanishini ma'lum qilingandi. Bu ko'rsatkich 2022-yilgi Jahon chempionati bilan solishtirganda deyarli etti barobar baland (Qatardagi turnirning eng arzon chiptasi 600 dollar edi).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ