Xaverts dekabr oyi oxirigacha qaytishni maqsad qilgan
17 DEKABR, 2025, 17:12
"Arsenal"ning germaniyalik hujumchisi Kay Xavery joriy yil yakuniga qadar safga qaytishga qat'iy qaror qilgan. Bu haqda HandofArsenal xabar bermoqda. Manbaga ko'ra, 26 yoshli futbolchi dekabr oyi oxirigacha maydonga tushish uchun faol harakat qilmoqda.
Biroq hammasi Xavertsning organizmiga bog'liq bo'ladi, hech kim tavakkal qilmoqchi emas. Ta'kidlanishicha, futbolchining tiklanish jarayoni jiddiy nazoratga olingan. Shu bilan birga, klubda nemisning muddatidan oldin qaytishi borasida ehtiyotkor optimizm saqlanib qolayotgani ta'kidlanmoqda.
Xaverts joriy mavsumda Angliya Premer-ligasining 1-turidan o'rin olgan "Manchester Yunayted"ga (1:0) qarshi o'yinda maydonga tushdi. Shundan buyon hujumchi tizzasidagi jarohatini davolab kelmoqda.
Yil yakuniga qadar "Arsenal" "Everton", "Kristal Pelas", "Brayton" va "Aston Villa" bilan o'ynashi kerak.
