logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:48
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Mareska "Chelsi" rahbariyatining qo'llab-quvvatlashini his qilyapsizmi, degan savolga javob berishdan qochdi

 17 DEKABR, 2025, 16:30

"Chelsi" bosh murabbiyi Entso Mareska Angliya Liga Kubogi chorakfinalidan o'rin olgan "Kardiff"ga (3:1) qarshi o'yindan keyin London klubi rahbariyati bilan munosabatlarini muhokama qilishdan bosh tortdi.

"Klubning qo'llab-quvvatlashini his qilyapmanmi? Hozir eng muhimi, keyingi bosqichga chiqdik. Muxlislarning qo'llab-quvvatlashi har doim yuqori darajada bo'lgan. Biz to'g'ri yo'nalishda ketyapmiz. Men nima qilsam ham, hammaga - muxlislarga, futbolchilarga, har bir kishiga eng yaxshisini xohlaganim uchun qilaman.

Direktorlar bilan gaplashdimmi? Yo'q, "Everton" bilan o'yindan bir kun o'tib aytganimdek, bor e'tibor "Kardiff"ga qaratiladi. Endi "Nyukasl" o'yinlarini tomosha qilishim kerak. Men hech kim bilan gaplashmadim", - dedi Mareska Sky Sports’ga.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ