logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:39
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Rossiya Dumasi deputati fuqaroligini o'zgartirgan yangi "o'zbeklar" haqida - Bu hiyonatmi?

 17 DEKABR, 2025, 15:16

Konkida yugurish bo'yicha Olimpiada chempioni, Rossiya Dumasi deputati Svetlana Jurova rossiyalik Polina Kudermetovaning O'zbekiston sharafini himoya qila boshlaganiga munosabatini bildirdi.

"U Rossiya terma jamoasi tarkibida keyingi Olimpiadaga yo'llanma olmasligini tushunib etgan bo'lsa kerak. Imkoniyat yo'qligini angladi va shundan keyin qaror qabul qildi. Bu hiyonatmi? Ha, agar mamlakat unga pul tikkan bo'lsa. SHu holatdagina buni hiyonat desa bo'ladi... Agar faqat ota-onasi pul tikkan bo'lsa, buni qanday qilib hiyonat deb hisoblash mumkin? Bizda ilgari ham sportchilar fuqarolikni o'zgartirgan, buni har doim ham bilmaganmiz", - deya Rossiya Davlat Dumasi deputatining so'zlarini keltiradi "Sport-Ekspress".

Eslatib o'tamiz, qisqa fursatda rossiyalik tennischilar Mariya Timofeeva, Kamilla Rahimova va Polina Kudermetova O'zbekiston fuqaroligini qabul qilgan edi. 


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ