WTA reytingi yangilandi. Endi Top-100`talikda ham o'z tennischimiz bor
17 DEKABR, 2025, 14:00
Xalqaro ayol tennischilar Associaciyasi (WTA) professional tennischilarning haftalik yangi reytingini elon qildi.Yangilangan reytingda nihoyat Rossiyadan mahalliylashtirilgan tennis malikalarimiz Kamilla Rahimova, Polina Kudermetova O'zbekiston vakilalari sifatida ko'rsatilgan. Kamilla Rahimova WTA reytingida 97-o'rin bilan O'zbekistonning birinchi raketkasiga aylandi. Polina Kudermetova 104, Mariya Timofeeva 143-o'rinni egallab turibdi. To'rtinchi raketkamiz ham Litvadan mahalliylashtirilgan Layma Vladson - u reytingning 881-pog'onasida bormoqda. Yangi reytingda tennis malikalarimiz soni 9 nafarni tashkil etmoqda.
Qolgan tennischilarimizga to'xtaladigan bo'lsak, Vlada Yakshibarova 2 pog'onaga ko'tarilgan. Milana Maslenkova va Nigina Abduraimova o'tgan haftadagi o'rinlarini saqlab qolishdi. Sevil Yuldasheva 2, Diana Yakovleva esa 5 pog'onaga pastlagan.
Dunyo tennischilarining Top-10`taligida ham bu hafta hech qanday o'zgarish kuzatilmadi. Reytingda hamon belaruslik Arina Sobolenko katta farq bilan peshqadamlik qilmoqda. U 2025 yilni sayyoramizning birinchi raketkasi sifatida yakunlaydi. Ikkinchi o'rindan polshalik Iga Svyontek joy olgan bo'lsa, kuchli uchlikka amerikalik Koko Goff yakun yasagan.
WTA reytingi. 17 dekabr kungi holat:
1. (1) Arina Sobolenko (Belarus) - 10870 ochko
2. (2) Iga Svyontek (Polsha) - 8395
3. (3) Koko Goff (AQSH) - 6763
4. (4) Amanda Anisimova (AQSH) - 6287
5. (5) Elena Ribakina (Qozog'iston) - 5850
6. (6) Jessika Pegula (AQSH) - 5583
7. (7) Medison Kiz (AQSH) - 4335
8. (8) Jasmin Paolini (Italiya) - 4325
9. (9) Mirra Andreeva (Rossiya) - 4319
10. (10) Ekaterina Aleksandrova (Rossiya) - 3375...
O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:
97 (97). Kamilla Rahimova – 802
104 (104). Polina Kudermetova – 759
143 (142). Mariya Timofeeva – 513
881 (879). Layma Vladson – 30
1071 (1073). Vlada Yakshibarova – 16
1197 (1197). Milana Maslenkova – 11
1278 (1276). Sevil Yuldasheva – 8
1322 (1322). Nigina Abduraimova – 7
1478 (1473). Diana Yakovleva – 3

Manba: olamsport.com
