logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:51
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Terens Krouford faoliyatini yakunlaganiga izoh berdi

 17 DEKABR, 2025, 13:48

Amerikalik Terens Krouford (42-0, 31 KO) faoliyatini yakunlash qarorini izohladi.

"Har bir jangchi bu lahza albatta kelishiga ishonadi. Faqat qachon kelishini bilmaymiz. Butun umrim davomida nimanidir quvib yashadim. Bu kamarlar, pul yoki chiroyli sarlavhalar emas edi. Bu butun dunyo senga shubha bilan qarayotgan bir paytda ham o'zingni namoyon qilish va hammani adashganini isbotlash hissi edi.

Men oilam uchun jang qildim. SHahrim uchun jang qildim. Hech narsasi bo'lmagan, faqat orzusi va bir juft qo'lqopi bor bola — o'zim uchun jang qildim. Va men buni o'zim to'g'ri deb bilganimdek amalga oshirdim.

Bu sportga har bir nafasimni, har bir jarohatimni, har bir muvaffaqiyatimni, yuragimning har bir zarrasini bag'ishladim. Endi esa kelajakni qabul qilaman. Vaqti keldi", — dedi Krouford ijtimoiy tarmoqlarda.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ