logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:39
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Iraola "Manchester Siti"da Gvardiolaning o'rnini egallashi mumkin

 17 DEKABR, 2025, 13:30

"Bornmut" bosh murabbiyi Andoni Iraola "Manchester Siti" short-listidan joy oldi. Ushbu ma'lumot TEAMtalk tomonidan e'lon qilindi.

Manbaga ko'ra, "Manchester Siti" Andoni Iraolani diqqat bilan kuzatib bormoqda va uni Xosep Gvardiolaning ehtimoliy vorisi sifatida ko'rmoqda. Biroq, "shaharliklar" Gvardiolaning yaqin orada klubni tark etishini kutmayapti.

Ta'kidlanishicha, ingliz grandi bosslari nafaqat Iraola, balki "Bavariya" vakili Vensan Kompani nomzodini ham ko'rib chiqmoqda.

Gvardiola "Manchester Siti"ni 2016 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2026/27 yilgi mavsum oxirigacha mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ