logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:52
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Krishtianu Ronaldu FIFA mukofoti ovoz berishida ishtirok etmadi

 17 DEKABR, 2025, 10:54

«An-Nasr» va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu FIFA talqini bo'yicha 2025 yilning eng yaxshi futbolchisi, darvozaboni va murabbiyini aniqlashda o'tkazilgan ovoz berishda ishtirok etmadi, deya xabar beradi Sports.kz Championat.com’ga tayanilgan holda.

Yillik The Best mukofoti marosimida Ronaldu o'rnini terma jamoadagi sherigi Bernardu Silva egalladi.

Kalendar yilning eng yaxshi murabbiy va futbolchilarini taqdirlash marosimi 16 dekabr kuni Qatarning Doxa shahrida bo'lib o'tdi. Eng yaxshilarni aniqlashdagi ovoz berishda an'anaviy tarzda FIFAga a'zo har bir mamlakatdan uch nafar vakil ishtirok etadi: terma jamoa bosh murabbiyi, jamoa sardori hamda bir nafar jurnalist.

FIFA talqini bo'yicha 2025 yilning eng yaxshi futbolchisi deb «PSJ» hujumchisi Usmon Dembele e'tirof etildi. Yilning eng yaxshi murabbiyi esa Parij klubini boshqarayotgan Luis Enrike bo'ldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ