logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:40
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Modrich The Best-2025 sovrini uchun kimlarga ovoz bergani ma'lum bo'ldi

 17 DEKABR, 2025, 02:30

Xorvatiya terma jamoasi sardori Luka Modrich FIFA talqini bo'yicha yilning eng yaxshi futbolchisini aniqlashda ishtirok etdi.

The Best marosimi seshanba kuni bo'lib o'tdi, ovoz berish natijalariga ko'ra "PSJ"dan frantsiyalik Usmon Dembele g'olib bo'ldi. "Milan" sharafini himoya qilayotgan 40 yoshli Modrich o'z reytingida birinchi o'rinni "PSJ"ning boshqa bir vakili Vitinyaga bo'shatib berdi. Xorvatiyalik futbolchi ro'yxatining ikkinchi pog'onasini Dembele, uchinchi pog'onasini esa "Barselona" vakili Lamin Yamal egalladi. E'tiborlisi, Luka joriy yilning yozigacha Madridning "Real" klubida birga to'p tepgan Kilian Mbappe kuchli uchlikdan o'rin olmadi.

Qizig'i shundaki, Modrich eng yaxshi darvozabon sifatida "Real"dan Tibo Kurtuani emas, balki Janluiji Donnarummani tanladi. Belgiyalik ikkinchi o'rinni egallagan bo'lsa, uchlikni Alisson Beker yakunlab berdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ