Donnarumma o'rniga kelgan darvozabon "PSJ"da endi 1-raqamli emas
16 DEKABR, 2025, 23:36
O'tgan yozda "Lill"dan 40 million evro evaziga Janluidji Donnarumma o'rniga kelgan Lukas Shevale endi "PSJ"ning mutlaq 1-raqamli darvozaboni sifatida ko'rilmayapti.
Klubda 24 yoshli frantsuz va rossiyalik Matvey Safonov o'rtasida "hech qanday ierarxiya yo'qligi" va "har bir o'yinni eng yaxshilar o'tkazishi" tushuntirilmoqda.
Uchinchi tanlov Renato Marin Frantsiya kubogi o'yinlarida asosiy tarkibda maydonga tushish ehtimoli bor.
