Dembele The Best sovrinini qo'lga kiritganiga munosabat bildirdi
16 DEKABR, 2025, 23:12
"PSJ" vingeri Usmon Dembele FIFA talqini bo'yicha 2025 yilning eng yaxshi futbolchisi sovriniga munosabat bildirdi.
Parijliklar bilan Chempionlar ligasi, chempionat, kubok, Frantsiya Superkubogi va UEFA Superkubogida g'alaba qozongan Frantsiya terma jamoasining 28 yoshli vingeri bugun Dohada The Best mukofotini qo'lga kiritdi.
"Barcha jamoadoshlarimga minnatdorchilik bildiraman. Og'ir mehnat o'zini oqlaydi. Oilamga, biz bilan fantastik yilni o'tkazgan "PSJ"ga rahmat aytaman.
FIFA rahbari Janni Infantinoga rahmat, tug'ilgan kunim munosabati bilan yuborgan xatingizni oldim.
Umid qilamanki, kelgusi yilda bu erga yana qaytib kelaman," - dedi sahnadan Dembele.
