logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:47
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Angliya va Frantsiya klublari Kantega qiziqish bildirmoqda

 16 DEKABR, 2025, 22:30

"Al-Ittihod" yarim himoyachisi N'Golo Kante faoliyatini Angliya yoki Frantsiyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda L'Equipe xabar bermoqda.

"Al-Ittihod" futbolchi bilan shartnomani yana bir yilga uzaytirish ustida ishlamoqda, boshqa Saudiya klublari ham vaziyatni kuzatmoqda, ammo Angliya yoki Frantsiya varianti ham bo'lishi mumkin. Qayd etilishicha, "Al-Ittihod" Kante yanvar oyida jamoani tark etishiga yo'l qo'ymaslik uchun jiddiy harakat qilmoqda.

2018 yilgi jahon chempioni Frantsiya terma jamoasi safida Evropaning "Bulon," "Lester Siti" va "Chelsi" kabi klublarida to'p tepgan. 34 yoshli futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 5 mln evroni tashkil etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ