logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:38
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Chelsi" hujumchilaridan biri yanvarda klubni tark etmoqchi

 16 DEKABR, 2025, 20:00

"Chelsi"ning 19 yoshli qanot hujumchisi Tayrik Jorj London jamoasida o'yin amaliyoti yo'qligidan xafa bo'lmoqda va tezroq harakat qilish maqsadida boshqa klubga o'tishga harakat qilmoqda. Bu haqda Caught Offside xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, futbolchiga "Lids", "Everton", "Fulxem", "Kristal Pelas", "RB Leyptsig" va "Roma" klublari qiziqish bildirmoqda. Ta'kidlanishicha, "ko'klar" 22 mln funtlik takliflarni ko'rib chiqishi mumkin. "Fulxem" yozda vinger transferi uchun aynan shuncha pul taklif qilgandi, biroq kelishuv amalga oshmadi.

Joriy mavsumda Jorj barcha musobaqalarda 10 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ