logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:58
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Latsio" vakili Uoll-stritda qo'ng'iroq chaladi

 16 DEKABR, 2025, 19:48

"Latsio" prezidenti Klaudio Lotito klub tizimida ishlaydigan o'g'li Enriko Uoll-stritdagi qo'ng'iroqni chalishini aytdi. Shu tariqa u fond birjasidagi kunduzgi savdolarni yopadi.

Qo'ng'iroq chalinishining o'zi ramziy harakatdir, ammo uni klubning Nyu-York fond birjasiga kirishi uchun birinchi qadam sifatida ko'rish mumkin. Hozir klub bir qator moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda, bu ayniqsa yozda FIFA tomonidan transferlarga qo'yilgan taqiq ko'rinishida yaqqol namoyon bo'ldi.

"Ertaga o'g'lim Enriko Nyu-York fond birjasidagi qo'ng'iroqni chaladi. Bu futbol klubi tomonidan ikkinchi marta amalga oshiriladi. Bizgacha buni faqat "PSJ" amalga oshirgan", - deya Lotitoning so'zlarini keltiradi La Gazzetta dello Sport.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ