logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:46
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Manchester Yunayted" va "Chelsi" Liga 1 yarim himoyachisi uchun kurash olib borishi mumkin

 16 DEKABR, 2025, 19:36

"Manchester Yunayted", "Chelsi", "Vest Xem" va "Tottenxem" klublari "Lans"ning 23 yoshli yarimhimoyachisi Mamadu Sangarani kuzatib bormoqda, deb xabar beradi TEAMtalk.

Manbaga ko'ra, yuqoridagi klublar Sangare Mali terma jamoasi safida ishtirok etishi kerak bo'lgan Afrika Millatlar kubogi yakunlangach, futbolchiga qiziqish bildirishini rasman e'lon qilishi mumkin. Mazkur turnir 21 dekabrdan 18 yanvargacha bo'lib o'tadi.

Joriy mavsumda Sangare barcha musobaqalarda 21ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 15 mln evroni tashkil etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ