The Best FIFA 2025: eng yaxshi murabbiy uchun nomzodlar
16 DEKABR, 2025, 17:18
The Best FIFA Football Awards taqdirlash marosimi 16 dekabr, seshanba kuni bo'lib o'tadi. Tadbir Qatar poytaxti Dohada bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.
Mukofot doirasida milliy terma jamoa sardorlari va murabbiylari, jurnalistlar va muxlislar 2024 yil avgustidan 2025 yil avgustigacha bo'lgan davrda erkaklar va ayollar o'rtasida yilning eng yaxshi futbolchisi, murabbiyi va ramziy terma jamoasi, darvozaboni va gol muallifiga ovoz beradi.
Eng yaxshi murabbiy sovriniga da'vogarlar ro'yxatidan Xaver Agirre (Meksika terma jamoasi), Mikel Arteta ("Arsenal"), Luis Enrike ("PSJ"), Xans-Diter Flik ("Barselona"), Entso Mareska ("Chelsi"), Roberto Martines (Portugaliya terma jamoasi) va Arne Slot ("Liverpul") o'rin olgan.
