logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Milan"ning Menyan bo'yicha rejalari aniq bo'ldi

 16 DEKABR, 2025, 16:42

"Milan"ning frantsiyalik darvozaboni Mayk Menyan qishki transfer oynasida klubni tark etmaydi. Bu haqda Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, "Milan" Menyanni qishda taklif olgan taqdirda ham qo'yib yubormaydi. Shu bilan birga, "rossonerilar" shartnomani uzaytirish masalasi bo'yicha fevral oyi oxirigacha Menyandan yakuniy javobni eshitmoqchi.

Darvozabon "Milan" safida 2021 yildan buyon to'p tepib kelmoqda. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 17 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol o'tkazib yubordi va 8 marta darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

30 yoshli Menyaning "Milan" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning iyunigacha mo'ljallangan. Transfermarkt ekspertlari frantsuzning narxini 25 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ