logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:36
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Brunu Fernandesh: "Manchester Yunayted" meni ketishimni xohladi va bundan juda xafa bo'ldim"

 16 DEKABR, 2025, 16:00

"Manchester Yunayted" yarimhimoyachisi Brunu Fernandesh mankunianliklar o'tgan yozda u bilan xayrlashishga tayyor bo'lganini aytdi.

"Klub yozda ketishimni xohladi va bu fikr miyamga o'rnashib qoldi. Men bu haqda direktorlarga aytganman, lekin o'ylashimcha, ular bunday qaror qabul qilishga jur'at etishmagan. Men qolishga qaror qildim - qisman oilaviy sabablarga ko'ra, lekin bu klubni chin dildan yaxshi ko'rganim uchun ham. Murabbiy bilan suhbat menga ham ta'sir qildi. Ammo rahbariyat tomonidan "Sen ketsang, unchalik xafa bo'lmaymiz", qabilidagi gaplar sezilib turardi.

Bu menga juda og'ir botadi. Hatto unchalik og'riqli ham emas, qayg'uli ham emas, chunki meni ayblash uchun mutlaqo hech narsa yo'q. Men doim safdaman, doim o'ynayman. Qo'limdan kelganini qilyapman. Keyin atrofga qaraysan va klubni u qadar qadrlamaydigan, uni himoya qilmaydigan futbolchilarni ko'rasan. Mana shundan odam juda xafa bo'ladi", - deya Fernandeshning so'zlarini keltiradi Sport Witness.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ