Rasman. Rodjers "Al-Qodisiya" bosh murabbiyiga aylandi
16 DEKABR, 2025, 14:30
"Al-Qodisiya" Brendan Rodjers bosh murabbiy etib tayinlanganini e'lon qildi.
Shimoliy irlandiyalik murabbiyning klub bilan shartnomasi ikki yarim yilga mo'ljallangan, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano. Rodjersning so'nggi ish joyi shu yilning oktyabr oyida tark etgan "Seltik" edi.
Saudiya Arabistoni chempionatida "Al-Qodisiya" 9 turda 17 ochko to'plab, beshinchi o'rinda bormoqda.
