Xavi uchun APLning ikki grand klubi taklif bilan chiqishga tayyor
16 DEKABR, 2025, 13:06
"Barselona"ning sobiq bosh murabbiyi Xavi Ernandes Angliya Premer-ligasida ishlash uchun ochiq. Bu haqda jurnalist Jessi ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Manbaga ko'ra, "Barselona"ning sobiq bosh murabbiyi istalgan vaqtda Angliyaning etakchi klublaridan birini boshqarishga tayyor. Yaqinda "Tottenxem" va "Chelsi" ispaniyalik mutaxassisning agentlari bilan aloqaga chiqdi, ammo "shporlar" shunchaki vaziyatni o'rganib ko'rgan bo'lsa, "ko'klar"da mutaxassisga aniq qiziqish bor. Ta'kidlanishicha, "Chelsi" bir necha haftadan beri afsonaviy sobiq futbolchi bilan muloqot qilmoqda va agar klubda Entso Mareskining iste'fosi haqida qaror qabul qilinsa, uning o'rniga birinchi nomzod aynan Xavi bo'ladi.
"Chelsi" 16 turdan keyin APLda 28 ochko bilan to'rtinchi o'rinda bormoqda. "Tottenxem" 22 ochko bilan 11-o'rinda bormoqda.
