"Barselona"ning "Inter" yulduzi bilan shartnoma imzolash imkoniyati 0 ga teng
16 DEKABR, 2025, 12:18
Kataloniyaning "Barselona" klubi "Inter" markaziy himoyachisi Alessandro Bastoni bilan shartnoma imzolashni juda xohlaydi.
Scapde_45 nashri xabariga ko'ra, bu transferni amalga oshish ehtimoli 0 ga teng. "Neradzurrilar" 26 yoshli futbolchisi bilan 2028 yil yozigacha shartnomaga ega va uning transferi uchun kamida 100 million evro so'raydi. Moliyaviy muammolari bor bo'lgan "Barsa" himoyachi uchun bunday katta mablag' sarflay olmaydi.
Bastoni Transfermarkt portalida 80 million evroga baholangan. U joriy mavsumda 19 ta o'yinda 1 ta gol urib, 4 ta golli uzatma bergan.
