Gvardiolaning maqsadini "MYu" va "Chelsi" ham qo'lga kiritmoqchi
16 DEKABR, 2025, 11:12
"Kristal Pelas" safida to'p tepayotgan 29 yoshli kolumbiyalik himoyachi Daniel Munos Angliya chempionatining bir qator top-klublari qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. Bu haqda Caught Offside xabar bermoqda.
Jurnalistlar ma'lumotiga ko'ra, tajribali futbolchini "Manchester Siti", "Manchester Yunayted" va "Chelsi" klublari o'z safiga qo'shib olmoqchi. Munosning transferiga shaxsan "shaharliklar" ustozi Xosep Gvardiola qiziqish bildirmoqda.
Danielning "burgutlar" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yozida o'z nihoyasiga etadi. Transfermarkt portali ekspertlari futbolchining bozor narxini 27 million evroga baholamoqda.
