logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:00
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Matteus: "Shlotterbekni emas, Upamekanoni afzal ko'rgan bo'lardim"

 16 DEKABR, 2025, 10:54

"Bavariya"ning sobiq futbolchisi Lotar Matteus himoyachilar Dayo Upamekano va Niko Shlotterbek haqida fikr bildirdi.

Upamekano va "Bavariya" o'rtasidagi shartnoma shu mavsum oxirida o'z nihoyasiga etadi. Shuningdek, Shlotterbek Myunxen klubiga o'tishni istashi haqida xabarlar tarqalgan edi.

"Upamekano "Bavariya"da ko'proq yutuqlarga erishdi, xuddi Shlotterbek "Borussiya"da bo'lgani kabi. Ikkalasi ham yuqori darajadagi markaziy himoyachilar.

Menda Upamekano biroz tezroq harakat qilayotgani va juda barqaror o'ynayotgani haqida taassurot paydo bo'ldi.

Shlotterbek so'nggi paytlarda bir nechta xatolarga yo'l qo'ydi. Muayyan pozitsiyani tanlashga kelganda, men Shlotterbekni emas, Upamekanoni afzal ko'rgan bo'lardim.

Niko "Bavariya" futbolchisi bo'lishi mumkin edi, ammo fikrimcha, Upamekano va Jonatan Ta juftligi juda ishonchli ko'rinadi.

Ular tartibli harakat qilmoqda, ammo "Bavariya" standartlardan bir nechta gol o'tkazib yubordi. So'nggi oylarda "Bavariya" standart vaziyatlarda himoyada kichik muammolarga duch keldi", - dedi Lotar Matteus.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ