"Manchester Siti" Angliya terma jamoasi himoyachisi uchun katta pul to'lashni rejalashtirmoqda
16 DEKABR, 2025, 09:00
"Manchester Siti" klubi "Nyukasl" himoyachisi Tino Livramento transferi bo'yicha ish boshladi. Bu haqda Flashscore xabar berdi.
Transferga katta to'siq "qarg'alar" pozitsiyasi bo'lib, ular o'yinchini sotishga shoshilmaydilar va uni yuqori baholaydilar. Ammo "shaharliklar"ning fikricha, ularning taklifi muzokaralarni boshlash uchun etarlicha jozibali. Angliya grandi futbolchi uchun 74 mln evro to'lashga tayyor.
Tino Livramento Angliya terma jamoasi safida 3 ta o'yinda maydonga tushdi. Ularda himoyachi samarali harakatlar bilan ajralib turmadi. Futbolchi 2023 yildan beri "Nyukasl" sharafini himoya qilmoqda.
