Mareska "Chelsi"ning muhim futbolchisi yana safga qaytganini e'lon qildi
16 DEKABR, 2025, 08:18
Londonning "Chelsi" klubi bosh murabbiyi Entso Mareskaning aytishicha, yarim himoyachi Moyses Kaysedo APLning navbatdagi turida "Nyukasl"ga qarshi o'yinda maydonga tushishga tayyor.
Futbolchi jarohatidan tiklandi va asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkin bo'ladi.
"Kaysedo yana mavjud va o'ynashi mumkin. U butunlay sog'ayib ketdi," - deya italiyalik mutaxassisning so'zlarini keltiradi Fabritsio Romano.
2025/2026 yilgi mavsumda ekvadorlik futbolchi 24 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Nyukasl" - "Chelsi" uchrashuvi 20 dekabr kuni bo'lib o'tadi.
