logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

A Seriya. "Roma" kichik hisobda "Komo"dan ustun keldi (Videosharh)

 16 DEKABR, 2025, 07:48

Italiya chempionatining 15-turida "Roma" o'z maydonida "Komo"ni mag'lub etdi - 1:0.

O'yindagi yagona gol 61-daqiqada braziliyalik himoyachi Uesli Vinisius tomonidan kiritildi.

"Roma" A Seriyada ketma-ket ikki mag'lubiyatdan so'ng birinchi bor g'alaba qozondi. U 15 o'yindan so'ng 30 ochko bilan turnir jadvalida to'rtinchi o'rinni egallab turibdi. "Komo" (24) esa ettinchi pog'onadan joy olgan.

"Roma" chempionatning navbatdagi o'yinida 20 dekabr kuni "Yuventus" mehmoni bo'ladi. "Komo" 27 dekabr kuni "Lechche" mehmoni bo'ladi.

A Seriya. 15-tur
16 dekabr, seshanba
Roma - Komo - 1:0
Gol: Uesli Vinisius, 61 (1:0)
Roma: Svilar, Manchini, Ermoso, N`Dika, Kristante, Kone, Uesli Vinisius, Rench, Pellegrini (El-Shaaravi, 73), Soule (Beyli, 82), Fergyuson
Komo: Byute, Kempf, Ramon, Vale, Smolchich (van der Brempt, 79), Kakere (Posh, 65), Da Kunya, Pas, Baturina (Kyun, 79), Adday (Rodriges, 65), Diao (Duvikas, 37)
Ogohlantirishlar: Manchini, 58. El-Shaaravi, 88. Uesli Vinisius, 89 - Adday, 55. Pas, 59. Ramon, 90

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ