logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Istanbul Bashakshehir» bosh murabbiyi Eldor Shomurodov haqida fikr bildirdi

 15 DEKABR, 2025, 23:24

«Istanbul Bashakshehir» jamoasi bosh murabbiyi Nuri Shaxin O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov haqida fikr bildirdi, deya xabar qiladi Sports.kz Milliy Futbolimiz manbasiga tayanib.

«Eldor Shomurodov hozirda jahon darajasidagi hujumchi hisoblanadi. U hujumdagi barcha uch pozitsiyada — markaziy forvard (9-raqam), shuningdek, chap va o'ng qanotlarda ham o'ynay oladi.

Shomurodovning to'pni ushlab qolish, uzatmalar berish va o'yinni taktik jihatdan tashkil qila olish qobiliyati jamoa uchun katta resurs hisoblanadi. Imkoniyat paydo bo'lishi bilan u, albatta, gol uradi», — deya Shaxin so'zlarini keltiradi telegram-kanal.

Qayd etish joiz, joriy yil iyul oyida Shomurodov «Roma» klubidan «Istanbul Bashakshexir»ga ijara asosida o'tgan. Transferdan so'ng u turkiyaliklar safida 22 ta o'yin o'tkazib, 11 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ