logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Manchester Siti" himoya chizig'ini qayta qurmoqchi. Bu pozitsiyaga yangi yulduz tanlandi

 15 DEKABR, 2025, 23:06

"Manchester Siti" mudofaa chizig'ini qayta qurishga tayyorlanmoqda. The Times nashri o'z sahifalarida ma'lum qilishicha, ushbu qayta qurish doirasida "shaharliklar" "Kristal Pelas" markaziy himoyachisi Mark Gexini nishonga olgan. Manbaning ta'kidlashicha, "Siti" Gexini so'nggi mavsumlar davomida kuzatib borgan.

Yozda Gexi erkin agent sifatida qo'lga kiritilishi mumkin - 25 yoshli himoyachining "Kristal Pelas" bilan shartnomasi mavsum oxirigacha mo'ljallangan.

"Manchester Siti" ayni damda Premer-liga turnir jadvalida 2-o'rinda bormoqda. "Arsenal"dan Xosep Gvardiola jamoasi ikki ochko (34 ga qarshi 36) ortda qolmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ