logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:41
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Luis Figu: "Braziliya, Argentina, Portugaliya va Ispaniyaning JCh-2026dagi imkoniyatlariga ishonaman"

 15 DEKABR, 2025, 22:42

Portugaliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Luish Figu 2026 yilgi jahon chempionatida g'olib chiqish uchun favoritlarni sanab o'tdi.

"Barselona" va "Real"ning sobiq futbolchisi Ispaniya "g'alaba uchun asosiy da'vogarlardan biri" ekanini aytdi.

"Ular g'alaba qozonishadimi yoki yo'qmi, bilmayman, chunki hozir buni oldindan aytib bo'lmaydi. Ammo, shubhasiz, Ispaniya chempion bo'lish uchun eng yaxshi imkoniyatlarga ega jamoalardan biri.

Portugaliyaning finalga chiqish va g'alaba qozonishga umid qilmoqda, ular aynan shunga e'tibor qaratishmoqda.

Braziliya, Argentina, Portugaliya va Ispaniyaning imkoniyatlariga ishonaman. Oxir-oqibat, qur'a - bu lotereya. Asosiy maqsad - jahon chempioni bo'lish uchun guruhdagi barcha raqiblarni mag'lub etish kerak," - dedi Figu.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ