logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:03
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Tottenxem" 0:3 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng Frankning kelajagi bo'yicha qaror qabul qildi

 15 DEKABR, 2025, 22:36

"Tottenxem" yakshanba kuni safarda "Nottingem Forest"ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

O'yindan so'ng London klubida jamoa bosh murabbiyi Tomas Frankning kelajagi muhokama qilindi.

The Athletic xabariga ko'ra, uchrashuv yakunida "Tottenxem" rahbarlari Frankni qo'llab-quvvatlashini bildirgan. London klubi bosslari Frankka vaqt berish kerak deb hisoblamoqda.

"Tottenxem" Angliya chempionati turnir jadvalida 11-o'rinda bormoqda. Frank jamoasi keyingi o'yinni 20 dekabr, shanba kuni "Liverpul"ga qarshi o'tkazadi.

Tomas Frank yozda "Tottenxem"ni qabul qildi. Bungacha mutaxassis "Brentford" boshqaruvida o'zini yaxshi ko'rsatgandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ