41 yoshli Tyago Silva erkin agentga aylanadi
15 DEKABR, 2025, 18:48
41 yoshli braziliyalik himoyachi Tyago Silva "Fluminense"ni tark etadi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi. Futbolchi bo'lajak jahon chempionati oldidan faoliyatida yangi sahifa ochmoqchi.
Silvaning ustuvor vazifasi Evropaga qaytish bo'lib, u yanvar oyidan boshlab potentsial yangi klubida o'ynay oladi.
Eslatib o'tamiz, Silva sentyabr oyida 41 yoshni qarshi olgan edi. Legioner "Fluminense"da 2024 yildan beri o'ynab kelmoqda, avvalroq u to'rt yil davomida Angliyada "Chelsi"da o'ynagan. Braziliya terma jamoasiga 2008 yildan 2022 yilgacha chaqirilgan.
